Bojxona rasmiylashtiruvi uchun to'lovni endi Payme va Click orqali amalga oshirish mumkin image

Do'stlar, bizda CTRANS logistika kompaniyasi xizmatlaridan foydalanib kelayotgan barcha mijozlarimiz uchun ajoyib yangilik. Endi siz bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlari uchun ikkita mashhur to‘lov tizimi – Payme va Click orqali to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkinligini faxr bilan e’lon qilamiz.

Biz bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini mijozlarimiz uchun imkon qadar qulay qilishga doim intilamiz. Bu jarayon bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkinligini tushunamiz va shuning uchun biz sizga vaqtni tejash va qulaylikdan bahramand bo‘lish imkonini beruvchi yangi va innovatsion to‘lov usullarini taklif etamiz.

Yangi to'lov usullari yordamida biz bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini siz kabi mijozlarimiz uchun yanada yoqimli bo’lishiga harakat qilamiz.

CTRANS ni tanlaganingiz uchun tashakkur! Biz sizning ishonchli logistika hamkoringiz ekanligimizdan faxrlanamiz va logistika, transport dunyoyingizga innovatsiyalarni olib kirishga tayyormiz.

Ulashish: